Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
25 fevral 2019
10668O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Otabek Sodiqovich Mustafoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Ma’lumot uchun, Otabek Mustafoyev Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining investitsiyalarni jalb etish va samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Agentlikning asosiy vazifasi uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.
LiveBarchasi