O‘zsanoatqurilishbank va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida muhim bitim imzolandi

Biznes

image

Osiyo taraqqiyot banki (OTB), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zsanoatqurilishbank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkonini beruvchi 50 mln. AQSH dollariga teng kredit bitimi imzolandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 31 iyulda imzolangan “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tomonlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zsanoatqurilishbankni raqamli transformatsiya qilish hamda hamkorlikda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Uchrashuv davomida OTB tomonidan O‘zsanoatqurilishbank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kelishuvning imzolanishi bankning resurs bazasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga yordam beradi va mikro, kichik hamda o‘rta biznes vakillari loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. OTBning Bankning aksiyadorlari qatoriga potensial kirishi Bank biznes modelining amalga oshirilayotgan o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa raqobatbardoshlik va investitsion jozibadorlikni sifat jihatidan oshirishni ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, OTB moliyaviy yordamdan tashqari doimiy ravishda Bank mutaxassislariga kasbiy mahorat va malaka oshirishda yordam beradi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing