O‘zsanoatqurilishbank kichik biznesni moliyalashtirishni yanada kengaytiradi
Biznes
−
09 mart 2020
5533O‘zsanoatqurilishbank “ICBC Standard Bank PLC” bilan 100 mln. AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasini jalb qilish uchun zayom bitimini imzoladi.
Bitim O‘zsanoatqurilishbank tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining loyihalarini milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkonini beradi.
“ICBC Standard Bank PLC” kredit liniyasi tadbirkorlik sub’ektlariga qisqa muddatlarda zamonaviy asbob-uskunalarni xarid qilgan holda, ishlab chiqarishga oid texnologik uskunalarini yangilab, xom ashyo bazasini to‘ldirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
- O‘zbekiston iqtisodiyoti tez sur’atlarda o‘sib bormoqda, – deydi “ICBC Standard Bank PLC”ning Rossiya va Markaziy Osiyodagi global bozorlar departamenti rahbari Vladimir Guber. – Mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishda biz ham faol ishtirok etmoqdamiz. O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorligimiz xususida to‘xtalib, bundan mamnunligimizni va mazkur munosabatlar yangi moliyaviy mahsulotlar yaratish ustida davom etajagini qayd etmoqchiman.
Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan xalqaro moliya mexanizmlarini integratsiya qilish orqali milliy valyutada, shu jumladan, “ICBC Standard Bank PLC” tomonidan jalb qilingan kredit liniyalar uning mahalliy bozor, ayniqsa, katta imkoniyat va afzalliklari mavjud bo‘lgan kichik va o‘rta biznes biznes segmentidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Ma’lumot uchun. ICBC Xitoy bank guruhiga kiruvchi "ICBC Standard Bank PLC" Shanxay va Gongkong fond birjalarida listingi mavjud bo‘lgan dunyodagi eng yirik moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. Dunyoning 48 mamlakatida faoliyat yuritadigan ICBC 7 milliondan ziyod korporativ mijozlarga hamda turli sotuv kanallari orqali 600 milliondan ortiq xususiy mijozlarga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi