O‘zPFL Superligada kuzatilgan antiqa holat bo‘yicha munosabat bildirdi (video)
Sport
−
11 mart
13959Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliyev beo‘xshov hazili uchun hakam Aziz Asimov tomonidan maydondan chetlatildi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda liga o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, o‘sha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonaliyevdan zarba qabul qilib olgan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni yerga yotishga majbur qilgan. Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidanda beo‘xshov harakatni amalga oshirdi.
“O‘zPFL mazkur holatni qattiq qoralaydi”, deyiladi manba xabarida.
Qayd etilishicha, 2024 yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyatsiya uchun olingan sariq kartochka ham muhim o‘rin tutadi. Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko‘rsatmagan bo‘lsada, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. Liga sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo‘mitasiga kiritadi.
“Liga o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol bo‘lishga chaqiradi. 2024 yildan boshlab halollik va mardlikka ters bo‘lgan har qanday xatti-harakat Liga tomonidan ta’qib etiladi”, deb qo‘shimcha qilindi O‘zPFL bayonotida.
LiveBarchasi