Uzoqda yashovchi abituriyentlar imtihonga kelishi uchun avtobus ajratilishi mumkin
Jamiyat
−
13 avgust 2020
4481Har yili imtihon o‘tkaziladigan kunlar taksilarning narxlari oshirilganini ko‘rishimiz mumkin. Joriy yilgi test sinovlari ochiq stadionlarda o‘tkazilishi sababli uzoq tumanlardagi abituriyentlarning imtihon jarayoniga kelishlari uchun alohida jamoat transporti ajratilishi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.
“Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o‘tkaziladigan ob’ektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo‘yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda”, dedi Orziqul Boboyev.
Davlat test markazi direktori aytganidek, bu yilgi test sinovlari pandemiya davrida o‘tkazilayotgani sababi barcha abituriyentlarga bir martalik niqob va tibbiy qo‘lqoplar beriladi. Kasallik sabab imtihon kunlari karantin hududida bo‘lgan abituriyentlar test sinvolarini keyingi yili topshiradi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi test sinovlari o‘tgan yilgi testlarga nisbatan osonlashtirildi. Har bitta abituriyent bu yil 2 ta fandan imtihon topshiradi va ular uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Test sinovlari 2 smenada o‘tkaziladi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi