“O‘zmilliybank” va “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi o‘quv-seminari tashkil etdi
Biznes
−
04 dekabr 2019
3936Joriy yilning 3 dekabr kuni Bank-moliya akademiyasi (BFA) binosida O‘zbekiston Milliy banki va "VEB.RF" Davlat tarqqiyot korporatsiyasi (Rossiya) bilan hamkorligida bank-moliya sohasida xodimlarning malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 31 oktyabridagi PQ-4503-sonli qaroriga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliya milliy banki tasarrufiga o‘tkazildi.
Prezident qarorida belgilangan vazifalardan biri – innovatsion o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshirish edi.
Ushbu o‘quv seminarining asosiy maqsadi "VEB.RF" Davlat taraqqiyot korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Loyihalarni moliyalashtirish fabrikasi” tushunchasi va mexanizmi bilan tanishishi va uni o‘rganishdan iborat edi.
Seminar-trening ikki qismda bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza qismida loyihalarni moliyalashtirish fabrikasi, uning xususiyatlari, loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning roli, bitimlarni va biznes jarayonlari strukturasi kabi tushunchalarga izoh berildi. Seminar-treningning ma’ruza qismi yakuni faol munozalarga boy savol-javob tarzida yakunlandi.
Mahorat darsi sifatida tashkil etilgan treningning ikkinchi qismida aniq misolda loyihalarni tuzishga yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Mahorat darsi davomida talabalar o‘z faoliyatlarida foydali bo‘ladigan juda ko‘plab yangi va dolzarb ma’lumotlarni oldilar.
Umuman olganda, "O‘zmilliybank" “VEB.RF” Davlat rivojlanish korporatsiyasi bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘quv-seminari ishtirokchilar uchun ma’lumotlarga boy va foydali bo‘ldi hamda ularga Rossiya Federatsiyasida loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida ko‘plab yangi ma’lumotlarni bilib olishga imkon berdi.
Mahorat darsi yakunida savol-javoblar uchun vaqt ajratildi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya davlat taraqqiyot korporatsiyasi VEB.RF (2018 yilgacha VEB Milliy taraqqiyot banki) – Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradigan davlat investitsiya bankidir.
VEB.RF rivojlanish institutlarining mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish vakolatiga ega.
Reklama huquqi asosida