“O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ishchisi o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 17 aprel kuni sodir bo‘lgan.  Soat 09:00 atrofida IIB navbatchilik qismiga 53 yoshli K.Sh. ish joyi ya’ni, "O‘zmetkombinat”ga qarashli Navli prokat bo‘limining omborxonasida o‘zini-o‘zi osib joniga qasd qilgani haqida xabar kelib tushgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limiga bo‘yin a’zolari sirtmoq bilan qisilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasining 17, 21-sonli ma’lumotnomalariga asosan erkak psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi aniqlangan. Payvandlash ustasi vazifasida ishlagan marhum oilali, 2 nafar farzandning otasi bo‘lgan.

Holat yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish bo‘yicha talabnoma yuborilgan. Hodisa joyiga shahar prokurori, shahar prokuraturasi tergovchisi va boshqa tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqishgan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8 aprel kuni Namangan viloyatidagi shifoxonada erkak o‘zini osib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing