“O‘zkomnazorat”ga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i tayinlandi. Unga ko‘ra, G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev inspeksiyaga rahbar bo‘ldi.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Inspeksiyaning avvalgi boshlig‘i Asadjon Xo‘jayev iyul oyida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori etib tayinlangan va shu munosabat bilan Inspeksiya boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing