“O‘zkimyosanoat” rahbariga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 yanvar 5182 1 daqiqa
Jahongir Ibodullayevich Mustafoyev “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Jahongir Mustafoyev “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori sifatida va bir necha yillar davomida bank-moliya sohasida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Zokir Eshpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi