“O‘zkimyosanoat” AJga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Timur Rasulovich Muhammadjonov “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Timur Muhammadjonov “O‘zkimyoimpeks” MCHJ direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.


“O‘zkimyosanoat” AJga Bosh vazir o‘rinbosari – energetika vaziri etib tayinlangani munosabati bilan ushbu lavozimni tark etgan Jo‘rabek Mirzamahmudov rahbarlik qilgan.

Shuningdek, Jo‘rabek Mirzamahmudov “O‘zkimyosanoat” AJga Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining xizmat vazifalari bilan bog‘liq ravishda rahbarlik qiladi.

Ma’lumot uchun, “O‘zkimyosanoat” O‘zbekistonning kimyo korxonalarini birlashtiruvchi kompaniya. U kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun ishlab chiqarish va marketing dasturlarini amalga oshiradi. Jamiyat tarkibiga 13 ta sanoat korxonasi, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari, “Kimyotrans” va “Kimyotrans-logistik” MCHJ tashqi iqtisodiy transport-ekspeditorlik tashkilotlari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zkimyosanoat Timur Muhammadjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing