O‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakni Internetda sharmanda qilmaslik uchun pul undirgan ayol ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download
Qonun va “shantajchi”lar. Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatuvchilarga qanday jazolar bor? north_east

Qonun va “shantajchi”lar. Shaxsiy ma’lumotlarni tarqatuvchilarga qanday jazolar bor?

Toshkent shahri Yashnobod tumanida o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakni internetda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, pul undirgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBBning Yashnobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G. (ayol) fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va video tasvirlarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 85 million so‘mdan 10 million so‘mni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ni o‘zi tomonidan tasvirga olingan foto va videotasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, uning 200 million so‘mdan ortiq pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing