O‘zgidromet yil oxirigacha havo qanday bo‘lishini ochiqladi
Bu qiziq
−
01 dekabr 2022
59371Bu yilning dekabr oyi nisbatan sovuq havo bilan boshlanadi. Sovuq ob-havo deyarli dekabrm oyining birinchi o‘n kunligi oxirigacha saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
1 dekabrdan haroratning pasayishi boshlandi va 3-5 dekabrga kelib respublika hududining katta qismida termometr ustuni kechalari 4-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 1-2 daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daaraja sovuqgacha pasayadi.
Hatto respublikaning eng janubiy qismida ham sovuq bo‘ladi, harorat kechalari 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqgacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha 5 dekabrgacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 dekabr kunlari davrida respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo‘yicha ayrim kunlarda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan fonda havo harorati kechalari 2-7o iliqdan 2-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan 2021 yilning dekabr oyi oxirgi 20 yil ichida eng iliq yil bo‘lgan. Ushbu davr uchun 2002, 2011 va 2020 yillarning dekabr oylari esa eng sovuq bo‘ldi.
Toshkentda so‘nggi 20 yil ichida dekabr oyidagi eng iliq kunlarda havo harorati 20-23 daraja iliqgacha ko‘tarilgan, eng sovuq davrlarda esa harorat kechalari 12-15 daraja sovuqgacha pasaygan edi.
Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, meteorologik kuzatuvlarning barcha davrlari (150 yildan ko‘p) uchun Toshkentda eng past harorat 20-23 daraja sovuqni tashkil etgan, 1930 yilning dekabr oyida esa 27-29 daraja sovuqgacha bo‘lgan.