O‘zgidromet yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
Bu qiziq
−
03 fevral
12717O‘zgidromet 5-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 7 fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 7 fevralda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 6 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 7 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 5 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 6-7 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi