“O‘zgidromet” o‘zbekistonliklarni g‘ayrioddiy havo hodisasi kutayotganini ma’lum qildi
Bu qiziq
−
06 yanvar 2021
32867Gidrometeorologiya xizmati markazi o‘zbekistonliklar shu kunlarda havodagi g‘ayrioddiy hodisalarga guvoh bo‘lishi haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy hodisani kuzatishi mumkin – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog‘adi.
“Bu hodisa O‘zbekistonda nihoyatda kam uchraydi, ko‘pincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi.
Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq sibir antitsiklonining ta’siridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi”, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, shu kunlarda mamlakatning barcha hududlarida boshqa yillardagidan yuqori sovuq harorat qayd etilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 yanvar kuni ayrim hududlarda havo harorati 20 darajagacha pasayishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi