O‘zgidromet uch viloyat aholisiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 iyun 2022 52965 1 daqiqa
Gidrometereologiya xizmati markazi joriy yilning 15-17 iyun kuni kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.
Unga ko‘ra:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi markaz axborotida.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust