O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
14 Fevral 2025 54535 1 daqiqa
Toshkent va Namangan viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 15-18 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati – Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr