O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 Dekabr 2025 37751 1 daqiqa
Joriy yilning 10-12 dekabr kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi bor.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr