O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholini ogohlantirdi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26-28 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. Respublika hududi bo‘yicha 26-27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi. 26 avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27-28 avgustda qolgan hududlarda ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda tezlashadi.

Ko‘p miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing