O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 mart 2023
33660O‘zbekistonning 2 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16-23 mart kunlari havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi O‘zgidromet bosh direktori Habibullayev.