O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi
Bu qiziq
−
12 may 2023
42391Shu yilning 14-17 may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Shu kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 m dan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
14-16 mayda respublika shimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.