O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 aprel 2022
66773Joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin, jumladan:
• 19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
• 19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
• 20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
• 19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda.
19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.
LiveBarchasi