O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 5-9 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida (Chotqol tizmasining tog‘lari), shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi mavjud. 

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

qor ko'chish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing