O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
18 mart 2025 122155 1 daqiqa
Joriy yilning 20-25 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet bu bo‘yicha tegishli ogohlantirish bilan chiqdi.
Bildirilishicha, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Shu tufayli tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul