O‘zgidromet sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirdi
Bu qiziq
−
21 noyabr 2023
12955Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
21 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 darajagacha pasayadi, shimolda -1/-3 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish ehtimoli mavjud.
LiveBarchasi