O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 21 – 27 mart kunlari ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 21 mart kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi  18 – 23 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

2024 yil 21 – 27 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zgidromet qor ko'chishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing