“O‘zgidromet” ogohlantirdi: sel kelishi, qor ko‘chishi xavfi bor

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 mart kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shuningdek, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

“Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10 daraja iliq bo‘ladi”, deyiladi “O‘zgidromet” xabarida.

Poytaxt Toshkentda esa kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19 darajagacha iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet sel kelishi qor ko'chishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing