O‘zgidromet ob-havo bo‘yicha shoshilinch axborot bilan chiqdi

Bu qiziq

image
Energetika vazirligi aholidan “svet”ni tejab ishlatishni so‘radi north_east

Energetika vazirligi aholidan “svet”ni tejab ishlatishni so‘radi

Joriy yilning 18-24 iyul kunlari tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida muzli sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. 

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko‘ra, bu hodisa, xususan, So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida yuz berishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-22 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati 47 darjagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu mamlakat hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

3494

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing