O‘zgidromet dekabrda ob-havo qanday bo‘lishini ochiqladi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati agentligi yilning so‘nggi, qishning esa birinchi oyi – dekabrda O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kelgusi oy uchun ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmaydi. O‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 

Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat. 

Eng issiq kunlarda havo harorati 15-18 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha ko‘tariladi. 

“Dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Dekabr oyining birinchi haftasida O‘zbekiston bo‘ylab havoning yog‘ingarchiliksiz, havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O‘zbekistonda juda kam uchraydi”, deyiladi agentlik xabarida. 

Keyinchalik, dekabr oyining oxirigacha, O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, havo harorati kechasi 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqgacha, kunduzi 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.        


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing