O‘zgidromet dam olish kunlari qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishini ma’lum qildi

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Unga ko‘ra, ertaga 11 noyabr kuni kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 noyabr kuni esa faqat kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 11 noyabr va 12 noyabrda kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent viloyatining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi hududlarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Toshkentda  11 noyabrda kechga tomon, 12 noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunning asosiy qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat 11 noyabr va ertasi kuni harorat 16-18 daraja, yakshanba kuni esa 13-15 daraja, kechasi 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 11 noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

dam olish kunlari yomg'ir yog'ingarchilik shamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing