O‘zgidromet chillaning oxirgi haftasida havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Bu qiziq

image

Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunning ikkinchi yarmida 34-37 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 2 avgust kuni Samarqand, Jizzax viloyatlari va respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2 avgustda janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Hafta o‘rtasidan O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo‘ladi, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati biroz ko‘tariladi va kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.

1 avgustda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekistonda yozning chillasi tugaydi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing