O‘zgidromet aholiga shoshilinch axborot bilan chiqdi
Jamiyat
−
28 iyul 2022
65695Joriy yilning 29 iyulidan 1 avgustigacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, O‘zbekistonning ayrim hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 29 iyuldan 1 avgustgacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, tog‘oldi va tog‘li hududlarda:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.