O‘zgidromet 6 viloyat aholisiga tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Foydali
−
14 mart
67122Gidrometeorologiya xizmati agentligi ob-havoning keskin sovib ketishi ortidan aholiga tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-20 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Xususan:
• Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
• Namangan viloyati: Pop tumanida.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.