O‘zgidromet 5 yanvargacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
Bu qiziq
−
03 yanvar 2024 18593 1 daqiqa
O‘zgidromet 3-5 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 3-4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati bugun, 3 yanvar kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi, ertaga 12-15 darajagacha ko‘tariladi, kechalari termometr ustuni 0 daraja atrofida bo‘ladi. 4 yanvarda esa kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, 5 yanvar kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi 10-12 daraja iliq, 4 yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi havo 13-15 darajagacha isiydi, 5 yanvarda kechasi 2-4 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 11-13 darajagacha biroz pasayadi.
Live
Barchasi