O‘zgidromet hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20-22 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi,  20-21 mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 20-21 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 20-22 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi O‘zgidromet direktori.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir suv bosishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing