O‘zgidromet haftalik ob-havoni e’lon qildi

Bu qiziq

image

Bugun, 7 fevral kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob- havoni antitsiklon pereferiyasi belgilaydi. Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 8 fevral kuni respublika hududiga Kavkaz hududilaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq.

Havo harorati 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

9 fevralda O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.

Hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va havo haroratining me’yoriy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi, haftaning oxiriga kelib, kunduzgi havo harorati 12-15 daraja iliqqacha, janubda 18-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi.

7-8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing