UZCARD Toshkent hayvonot bog‘ida bepul bolalar chiptalari va maxsus dastur bilan oilaviy dam olish oyini boshlaydi

Biznes

−

image

Bu kuzda UZCARD oilaviy dam olish kunlarini nafaqat maroqli, balki foydali o‘tkazishni taklif etadi: bir oy davomida oilalar Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyurishda maxsus shartlardan foydalanishlari mumkin, bolalarni esa o‘yin va ta’limga yo‘naltirilgan turli faoliyatlar kutadi.

1 oktyabrdan 1 noyabrgacha UZCARD Toshkent hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda oilaviy dam olish oyini o‘tkazadi. Ushbu davrda UZCARD KIDS kartalari egalari uchun hayvonot bog‘iga tashrif buyurishda maxsus shartlar amal qiladi, dam olish kunlari esa bolalar uchun mahorat darslari, ko‘ngilochar tadbirlar va mini-kvestlar tashkil etiladi.

7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar kartasini rasmiylashtirish imkonini taqdim etuvchi banklardan biri tomonidan chiqarilgan UZCARD KIDS kartasi bilan chipta uchun to‘lov qilganda hayvonot bog‘iga bepul kirishlari mumkin. Bolalar chiptasi boshqa istalgan UZCARD kartasi bilan to‘langanda 40 foiz chegirma taqdim etiladi. Bitta karta orqali kuniga chegirma bilan ikkitagacha bolalar chiptasini xarid qilish mumkin. Bepul kirish va chegirma faqat hayvonot bog‘iga kirish turniketlarida o‘rnatilgan validatorlar orqali to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

Har dam olish kunlari hayvonot bog‘ida UZCARD KIDS kartalarining yosh egalari uchun maxsus dastur o‘tkaziladi. Dastur doirasida turli mahorat darslari, akvagrim, filni bepul boqish va boshqa faoliyatlar tashkil etiladi. Bolalar kartalari egalari Dino-parkka tashrif buyurishda ham 15 foiz chegirmadan foydalanishlari mumkin.

UZCARD tomonidan tayyorlangan hayvonot bog‘i hududidagi mini-kvest aksiyaning markaziy faoliyatlaridan biri bo‘ladi. Unda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar topshiriqlarni bajarib, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadilar va har bir bosqich uchun maxsus belgi to‘playdilar. Barcha topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilarni sovg‘alar kutadi.

Aksiya davomida har dam olish kunlari ANORBANK hayvonot bog‘i hududining o‘zida UZCARD KIDS kartalarini bepul rasmiylashtirib beradi. Bank vakillari ota-onalarga kartani rasmiylashtirish shartlari va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beradilar.

UZCARD KIDS bolalarga dastlabki mustaqil xaridlarini amalga oshirish imkonini beradi, ota-onalarga esa farzandining xarajatlarini nazorat qilishga yordam beradi. UZCARD, Toshkent hayvonot bog‘i va ANORBANK hamkorligidagi ushbu aksiya bolalarning moliyaviy mustaqillik sari ilk qadamlarini kundalik hayotning, jumladan, oilaviy dam olishning tabiiy qismiga aylantirishga yordam beradi.

UZCARD. Qulay yashang.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing