Aloqabank va UZCARD karta egalari uchun NFC-to‘lov servisini ishga tushirdi

Biznes

image

UZCARD to‘lov tizimi Aloqabank bilan hamkorlikda Zoomrad mobil ilovasida UZCARD Pay – kontaktsiz to‘lov servisini ishga tushirdi. Yangi xizmat UZCARD kartalaridan NFC-to‘lovlarni Android operatsion tizimidagi smartfonlar orqali, jismoniy kartadan foydalanmagan holda amalga oshirish imkonini beradi.

Servisni ulash uchun Zoomrad mobil ilovasini yuklab olish, UZCARD kartasini qo‘shish va NFC orqali to‘lov usuli sifatida UZCARD Pay’ni tanlash zarur. Shundan so‘ng, xaridlar uchun smartfon orqali to‘lov qilish mumkin – buning uchun smartfonni kontaktsiz to‘lovni amalga oshiruvchi POS-terminalga yaqinlashtirish kifoya. Bu UZCARD kartasidan kundalik vaziyatlarda, hatto jismoniy karta yoningizda bo‘lmagan holatlarda ham foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, bankomatlarda NFS-o‘qish funksiyasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy bankomatlarda karta bilan kontaktsiz aloqa texnologiyasi mavjud, kelajakda esa infratuzilma yangilanishi jarayonidan so‘ng, qurilmalarning oldingi modellarida ham xuddi shunday imkoniyat paydo bo‘ladi. Bu mijozlarga kartani karta qabul qilgichga jismoniy kiritmasdan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa o‘z o‘rnida bankomatlardan foydalanish qulayligini oshiradi va foydalanuvchilarning kartani qurilma tomonidan ushlab qolinishi yoki yutib yuborilishi bilan bog‘liq xavotirlarini bartaraf etishga yordam beradi.

UZCARD Pay orqali to‘lov amalga oshirilganda bank kartasi ma’lumotlari himoyalangan holda saqlanadi: ular sotuvchiga aytilmaydi va terminalda saqlanib qolmaydi. Operatsiyani amalga oshirish uchun kartaning haqiqiy rekvizitlarining o‘rnini bosuvchi maxsus raqamli kod qo‘llaniladi. Ushbu texnologiya kontaktsiz to‘lovlarni foydalanuvchilar uchun yanada xavfsiz qilishga yordam beradi.

“Biz kundalik moliyaviy xizmatlarni foydalanuvchilar uchun imkon qadar qulay va ommabop qilishga intilamiz. Aloqabankdagi hamkorlarimiz bilan UZCARD Pay’ni ishga tushirish – xaridlar uchun tez, xavfsiz va bank kartasini yonida olib yurish zaruriyatisiz to‘lov qilish imkonini beruvchi zamonaviy to‘lov yechimlarini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Bugungi kunda smartfon odatiy to‘lov vositasiga aylanib bormoqda va bizning vazifamiz – foydalanuvchilarga bunday texnologiyalardan sodda va ishonchli foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir”, – dedi UCMG bosh direktori David Melikidze.

Zoomrad’ning ulanishi UZCARD Pay hamkorlik modelining yanada rivojlanayotganini aks ettiradi. Ushbu model doirasida banklar va to‘lov servislariga kontaktsiz to‘lovlarni o‘z raqamli kanallariga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi. Bozor uchun bu NFC-to‘lovlar infratuzilmasining bosqichma-bosqich kengayishini hamda zamonaviy to‘lov xizmatlaridan foydalanish uchun yangi kirish nuqtalarining paydo bo‘lishini anglatadi.

UZCARD. Qulay yashang.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

UZCARD Aloqabank NFC

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing