“O‘zbektelekom” AK soha xodimlariga yangi uy kalitlarini topshirdi

Biznes

image

Eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi va Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzelarida 210 xonadonli 4 to‘qqiz qavatli turar-joy binolari foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Kompaniyada faoliyat yurituvchi xodimlarga yangi xonadonlar kalitlari taqdim etildi.

13 avgust kuni Toshkentning Yakkasaroy tumani Qushbegi va Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzelarida "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan ko‘p qavatli zamonaviy uylarning foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi "O‘zbektelekom" AK matbuot xizmati.

Turar-joy binolarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayev, mahalliy hokimiyat va telekommunikatsiya sohasi vakillari hamda "O‘zbektelekom" AK rahbariyati ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar qatnashdi.

"Bugun telekommunikatsiya sohasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga nazar tashlasak, raqamli iqtisodiyotga o‘tish va undan samarali foydalanish keng miqyosda ommalashib bormoqda. Bu jarayonda inson omili yuqori o‘rinni egallaydi va bunda ijtimoiy qatlamga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni doimiy rag‘batlantirish va ularni zarur sharoitlarga ega turar-joylar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bugun ham ushbu turar-joy majmuasidagi xonadonlarni o‘z egalariga topshirar ekanmiz, ularning xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlikni tilab qolamiz", deydi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov.

"Mamlakatimiz taraqqiyoti ulkan bunyodkorlik ishlariga asos bo‘lmoqda. Shu qatorda aholiga imtiyozli kreditlar asosida qulay uy-joy bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda mana bugun ham tumanimizda telekommunikatsiya sohasi vakillari uchun yangi turar-joy majmuasidagi xonadonlar o‘z egalariga topshirilmoqda. Maqsadimiz har bir oila ana shu xonadonlarda tinch va farovon hayot kechirishiga erishish",  deydi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov.

Mamlakatimizning har bir fuqarosi so‘nggi yillarda yurtimizda yuz bergan turli sohalardagi o‘zgarishlar va islohotlar bilan tom ma’noda faxrlanadi.

"O‘ylaymanki, ushbu turar-joylarga ko‘chib o‘tayotganlarning xotirasida 2021 yil unutilmas lahzalar bilan muhrlanadi. Qolaversa, ularga taqdim etilayotgan uy-joylarni mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi, deyish mumkin. Eng asosiysi, yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar o‘z oldiga mamlakatimizni raqamli O‘zbekistonga aylantirishni maqsad qilgan xodimlarning ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Negaki, oilasi farovon insonda halovat, ko‘ngli xotirjam insonning esa ishida, faoliyatida unum bo‘ladi", deydi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayev.

Yangi binolarning birinchi qavatlarida, shuningdek, 250 va 218-elektron avtomat telefon stansiyalari joylashgan bo‘lib, bu nafaqat turar-joy majmualari aholisi, balki umuman mavzelar yashovchilari uchun ham telefon xizmatlaridan foydalanish borasida qulayliklar yaratadi.

Turar-joy majmuasi ko‘chaning qulay qismida joylashgan bo‘lib, binoning old qismida avtomobillar uchun alohida to‘xtash joyi, shuningdek majmuada bolalar uchun maxsus o‘yingohlar qurilgan.

 "Kompaniya xodimlari doimo e’tibor markazida bo‘lganmiz. Shaxsan o‘zim "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv dasturi bo‘yicha, Bonch Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida ta’lim olib, hozirgi kunda Kompaniyada ishlab kelmoqdaman. Zamonaviy loyiha asosida qurilgan uylarda barcha sharoitlar yaratilganidan mamnunmiz. Shu bois, barcha qulay sharoitlarga ega va zamonaviy uy-joy qurilishi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, ushbu turdagi turar joy majmuasi yana ko‘plab xodimlarimizga foizsiz muddatli to‘lov asosida berilmoqda, bu esa bizlarga ham xodim, ham oddiy fuqaro sifatida ko‘p imkoniyatlar yaratadi", deydi Qushbegi mavzesida qurilgan yangi xonadon sohibi, Kompaniyaning yosh xodimlaridan biri – "Axborot tizimlari" filiali Billingni ma’murlashtirish xizmati oliy toifali muhandisi Sanjar To‘xtamishev.

Ta’kidlash joizki, poytaxtimizning mazkur uylarning foydalanishga topshirilishi Kompaniyaning keng ko‘lamli ijtimoiy loyihasining faqat boshlanishidir. Keyingi yillarda Yunusobod, Sergeli va Chilonzor tumanlarida quriladigan yangi turar-joy binolari navbatda turibdi.

MyUZTELECOM: 📱AppStore  📱Google Play

UZTELECOM - milliy operator.

Yagona call-markaz: 1099

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Texnik qo‘llab-quvvatlash

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing