“O‘zbekneftgaz” raisiga komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
12 yanvar 6840 1 daqiqa
Adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining Oliy Majlis va xalqqa qilgan murojaatnomasida 2026 yilda barcha tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilinib, har bir tashkilot rahbariga ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosar tayinlash vazifasi qo‘yilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya katta maslahatchisi Zohid Karayev “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Zohid Karayev shu paytga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining kelgusidagi vazifalari va rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishgandi. Unda neft-gaz sohasida o‘g‘rilik va korrupsiya holatlariga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Live
Barchasi