“O‘zbekneftgaz”ga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Bahodir Sidiqov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga rais etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 iyul kuni Bahodir Sidiqov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.

Sidiqov mazkur tayinlovga qadar jamiyatning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shu kungacha boshqaruv raisining Qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan  Rustam Sherov Bahodir Sidiqovning Geologiya va qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari hamda boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Odil Temirov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining Qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, Alisher Agzamov “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan. 

Agzamov bunga qadar “UzGasTrade” AJ Tabiiy gazni xarid qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz UzGasTrade boshqaruv raisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing