“O‘zbekneftgaz” AJ rahbari ishdan olindi

Jamiyat

image

"O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Bahromovich Siddiqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Bahodir Siddiqov "O‘zbekneftgaz" boshqaruvi raisi lavozimida ikki muddat ishlagan rahbar hisoblanadi. U 2019 yil fevraldan 2020 yil yanvargacha mazkur lavozimda ishlab, keyin boshqa ishga o‘tgan. Oradan uch yil o‘tib, 2023 yilning 12 martida u lavozimga yana qaytgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 dekabr kuni Prezidentning energetik xavfsizlik masalalari bo‘yicha vakili Alisher Sultanov lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekneftgaz Bahodirjon Siddiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing