“O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 17 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroni qabul qildi. 

Qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom hamda ushbu Agentlik tuzilmasi tasdiqlandi. 

Qarorga muvofiq, Agentlik o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mazkur Agentlik kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik bosh direktori va o‘rinbosarlari Hukumat qarori bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkosmos

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing