O‘zbekiston ilk kosmonavtini 2028 yilda kosmosga uchiradi
Jamiyat
−
09:34 1208 1 daqiqa
O‘zbekistonning kosmonavtini koinotga uchirish 2028 yil oktyabr oyigacha amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, parvozning davriyligi 14 kun bo‘ladi.
“Dunyoda 3 ta davlat bor: AQSH, Rossiya va Xitoy. Bular kosmonavtlarni kosmosga to‘liq uchiroladi. AQSH va Rossiya bitta xalqaro kosmik stansiyaga uchiradi. Xitoyning o‘zini alohida stansiyasi bor. Biz hozir barcha muzokaralarni olib bormoqdamiz. Har bir taraf o‘zini tayyoriligini bildirdi. Kosmonavtimiz kosmosga uchganda olamshumul bo‘lmasa ham biror eksperiment natijasi bilan yerga qaytib keladi”, degan Ibragimov.
Qayd etilishicha, kosmonavtni tayyorlashda hukumat komissiyasi bo‘ladi va nomzodlar saralab olinadi.
Nomzodlarga asosiy 27-40 yosh, oliy ma’lumotli, bo‘yi 160-190 sm oralig‘ida, vazni 50-95 kg va tillarni bilishi talabi qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (O‘zbekkosmos) mamlakat mustaqilligi tarixida ilk bor koinotga parvoz qilish uchun nomzodlarni umumxalq ochiq tanlov asosida saralashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi