O‘zbekistonning JCH o‘yinlari uchun chiptalar savdosi boshlandi

Sport

image

Kecha, 11 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yin chiptalari sotuvining 3 bosqichi boshlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari uchun chiptalar narxi ham e’lon qilindi. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Meksikadagi Kolumbiyaga qarshi o‘yin uchun chiptalar 1.299$ dan boshlanadi. Portugaliyaga qarshi o‘yin 998$ dan, 3-tur o‘yiniga esa narx 271$ dan belgilangan.

Chiptalarni xarid qilish uchun dastlab FIFA’ning rasmiy platformasida ariza qoldirishlari so‘raladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislari ariza berish jarayonida “My Team Uzbekistan” bandni tanlab, maxsus ajratilgan sektorlar bo‘yicha chipta uchun so‘rov yuborishlari mumkin.

Chipta egalari kelasi yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi va to‘lovlar arizada ko‘rsatilgan karta ma’lumotlari asosida avtomatik amalga oshiriladi.

Ariza berish 2025 yil 13 yanvarga qadar FIFA rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

chipta O'zbekiston Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing