O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rilmoqda

Olam

image

Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif kun tartibi bo‘yicha bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Kecha, 14 mart kuni Jamshid Xo‘jayev JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish masalalari, jumladan, joriy yilning 14-15 mart kunlari Ishchi guruhning 6-yig‘ilishini o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

JST Bosh direktori O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi harakatlarini, yirik a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borayotganini yuqori baholadi.

Ayni paytda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 2 kun davomida o‘tkaziladigan mazkur yig‘ilishda respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing