O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholanmoqda?
Sport
−
14 Oktabr
17663Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati Osiyo jamoalari orasida 4-o‘ringa baholandi. Bu haqda “We Globar football” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “oq bo‘rilar” saralashning 3-turida Eron bilan durang o‘ynagach, guruhdan JCH-2026ʼga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olish imkoniyati 75,9 foizdan 82,8 foizga oshdi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyodan JCHga chiqish da’vogarlari orasida 4-o‘rinda qayd etildi.
15 oktyabr kuni BAA bilan o‘yindagi g‘alaba Katanets shogirdlarini mundialga chiqish foizini yanada ko‘taradi. Hozircha O‘zbekiston “A” guruhida 7 ochko to‘plab, Eron bilan qo‘shhokimlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron chempionatida to‘p tepadigan futbolchisi Oston O‘runov BAA bilan o‘yinda maydonga tushmasligi xabar qilingandi.
Shuningdek, Abbosbek Fayzullayevning BAAga qarshi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.