O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqiblari aniq bo‘ldi (video)
Sport
−
05 dekabr 2025 11449 1 daqiqa
Bugun, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z raqiblarini bilib oldi.
O‘zbekiston MTJ “K” guruhidan joy oldi va quyidagi jamoalarga qarshi kurash olib boradi:
- Portugaliya
- Kolumbiya
- O‘zbekiston
- Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya (O‘tish o‘yini)

Ma’lumot uchun, mundialga qur’a tashlash marosimi AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun qur’ada 3-savatchadan o‘rin olgandi.
Live
Barchasi