O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022
2980Joriy yilning 14 yanvaridan 19 yanvarigacha O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvaridan 18 yanvarigacha O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi.
Ushbu vaqt oralig‘ida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
18 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
LiveBarchasi