O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 21 dekabr kuni yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga yetib borgan.

Ma’lumot uchun, diplomat 42 yoshda. U 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 1999 yilda bank tizimida, 2003 yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan, Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Fariddin Nasriyev TIVning Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan pog‘onani bosib o‘tgan.

Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini mukammal biladi.

Fariddin Nasriyev 2015-2023 yillarda O‘zbekistonning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rniga tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Fariddin Nasriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing