O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi top 10 hamkorlari ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi eng yirik 10 ta hamkor davlatlar orasida Xitoy (eksport — 2,3 milliad dollar, import — 4,4 milliard dollar) yuqori o‘rinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan Rossiya (6,6 milliard dollarlik savdo aylanmasi; eksport — 1,9 milliard dollar, import — 4,7 milliard dollar) va Qozog‘iston (3,5 milliard dollarlik savdo aylanmasi; eksport — 1,0 milliard dollar, import — 2,5 milliard dollar) joy olgan. 

Shuningdek, O‘zbekistonning tashqi savdodagi top 10 hamkorlari orasida Turkiya (3 milliard dollarlik savdo aylanmasi; eksport — 1,5  mlrd, import — 1,5 mlrd dollar), Koreya (1,7 milliard dollarlik savdo aylanmasi: eksport – 46 million, import – 1,6 milliard dollar) va Qirg‘iziston (savdo aylanmasi – 852,5 million, eksport – 710,9 million, import – 141 million dollar) ham bor.

Keyingi pog‘onalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

•  Germaniya (savdo aylanmasi – 675,4 million, eksport – 60,8 million, import – 614,6 million dollar);

•  Turkmaniston (savdo aylanmasi – 626,1 million, eksport – 175,5 million, import – 450,6 million dollar);

•  Ukraina (savdo aylanmasi – 622,5 million, eksport – 202,6 million, import – 419,9 million dollar);

•  Afg‘oniston (savdo aylanmasi – 576,7 million, eksport – 573,2 million, import – 3,5 million dollar).

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning yanvar—noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 37,9 milliard dollarga teng bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing